Uzcard overdraft xizmati joriy qilmoqchi

© uzcard.uzPlastikovie karti Uzcard
Plastikovie karti Uzcard - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Overdraft – cho‘ntakda boridan ko‘proq xarajat qilish imkoniyati. Ya’ni hisob raqamida pul tugaganda, bank tomonidan avtomatik ravishda qarz beriladi. Qarz miqdori va be-foiz qaytarish muddati bank tomonidan belgilanadi.

TOShKENT, 16 fev – Sputnik. UZCARD yaqinda overdraft xizmatiga ega bo‘ladi, deb xabar qilmoqda ut.uz nashri, YaUPM xabariga asosan.

Yagona umumrespublika protsessing markazi plastik kartochkalarga “overdraft” xizmati kiritish ustida faol ishlamoqda. Overdraft xizmati kiritilganda, bank mijozga hisob raqamida bor mablag‘dan ko‘proq xarajat qilib, keyinroq uni qoplash imkonini beradi, — deyilgan xabarda.  

Rivojlangan mamlakatlarda plastik kartochkalarning aksariyati allaqachon kredit kartochkalarga aylangan. Ba’zi hollarda bu juda qulay,  masalan,

VISA kartalari - Sputnik O‘zbekiston
Plastik karta ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyozlar uzaytirildi
oylik tugab qolganda birovdan qarz so‘rab yurmaysizda, bankdan olasiz. O‘zbekiston Tijorat banklari ham bugungi kunda bu borada turli bank xizmatlari ishlab chiqib uni tadbiq qilishga harakat  qilmoqda.

Bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida, shuningdek 2016-yilda O‘zbekistonda plastik kartochkalar oboroti 81%ga oshgani va kartochkalar yordamida amalga oshirilgan operatsiyalar turi ham oshgani xabar berilgan.

O‘tgan yili O‘zbekistonda ayniqsa elektron kommersiya – ya’ni internet orqali tovar va xizmatlar sotib olish o‘sgani xabar qilingan. 2016-yilda elektron kommersiya oboroti 2015-yilga qaraganda 90 % ga oshdi. Aholi 155,3 mln.  elektron operatsiyalar amalga oshirdi.

Yangiliklar lentasi
0