Plastik karta ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyozlar uzaytirildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishVISA kartalari
VISA kartalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yilning 1-yanvar kuniga qadar bank mikroprotsessorli plastik kartalari va to‘lov terminallarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga bojxona imtiyozlari uzaytirildi

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bank plastik kartalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi. Qaror matni lex.uz portalida keltirilgan.

Qarorga ko‘ra, 2020-yilning 1-yanvar kuniga qadar bank mikroprotsessorli plastik kartalari va to‘lov terminallarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga bojxona imtiyozlari uzaytirildi.

Naqd va plastik karta orqali hisob-kitoblar o‘rtasidagi farqlar bartaraf etiladi

Ular xomashyo importi, sarf va butlovchi materiallar, dasturiy ta’minot va ularni ishlab chiqarishga kerak bo‘ladigan litsenziyalarni olish chog‘ida bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtirilishi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etiladi.

Shuningdek, 2020-yilning 1-yanvar kuniga qadar chakana to‘lov tizimlari protsessing markazlari dasturiy ta’minot, bankomat va boshqa uskunalarning importida bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi (bojxona rasmiylashtirilishi uchun yig‘imlar bundan mustasno).

Qarorga ko‘ra, bank sektoriga iste’molchilar uchun mo‘ljallangan tovarlar (ish, xizmat)ni xarid qilish uchun plastik kartalardan foydalanish asosida turli kredit mahsulotlarini joriy etish, plastik kartochkalar foydalanuvchilarini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan turli xil bonus, diskont va rag‘batlantiruvchi dasturlarni savdo-servis tashkilotlari bilan birgalikda tatbiq etish amaliyotini kengaytirish topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0