Tojikistonda ayrim darslar rus tilida o‘tiladi

© Sputnik / Amir Isayev / Mediabankka o‘tishDushanbedagi maktab
Dushanbedagi maktab - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston Ta’lim va fan vazirligi mamlakatdagi maktablarda jismoniy tarbiya va mehnat darslarini rus tilida o‘tish imkonini ko‘rib chiqmoqda

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Tojikiston rus tili maqomini oshirish, til muhitini kengaytirish ishlariga qo‘l urdi.

Sputnik Tojikiston nashri xabariga ko‘ra, mamlakat Ta’lim va fan vazirligi Tojikistondagi maktablarda jismoniy tarbiya va mehnat darslari rus tilida o‘tilishi imkonini ko‘rib chiqmoqda.

Dushanbeda 1-sentabr - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda o‘quv yili 1-avgustdan boshlanishi mumkin
Tojikiston prezidenti qoshidagi Ta’lim akademiyasi vitse-prezidenti Irina Karimovaning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda mamlakatda 400 nafar rus tili o‘qituvchisi yetishmayapti, bundan tashqari rus tili nutqi kamayib ketishi muammosi ham dolzarb bo‘lib turibdi.

"Mamlakatdagi rusiyzabon aholi migratsiya qilishi oqibatida rus tilida so‘zlashishga ehtiyoj ham yo‘qoldi. Shunday holat yuzaga keldiki, rus sinflarida tahsil oladigan o‘quvchilar o‘z tengdoshlari bilan tojik tilida so‘zlasha boshladilar", — dedi Karimova.

Bundan tashqari, Tojikiston hukumati tojik alifbosiga "S" harfini qaytarish imkonini o‘rganmoqda. Hozirda Tojikiston FA Til va adabiyot institutida tegishli loyiha ko‘rib chiqilmoqda, deb yozgan nashr.

Yangiliklar lentasi
0