Tojikistonda o‘quv yili 1-avgustdan boshlanishi mumkin

© Sputnik / Amir Isayev / Mediabankka o‘tishDushanbeda 1-sentabr
Dushanbeda 1-sentabr - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistonlik mutaxassislarning fikricha, 1-avgust - o‘quv yilini boshlash uchun juda qulay vaqt, va agar shunday qaror qabul qilinadigan bo‘lsa, bola uchun o‘qish yanada samarali kechadi

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Tojikistonlik mutaxassislar mamlakat maktablarida o‘quv jarayonini bir oy oldin boshlashni taklif qilishdi, deb xabar bergan Sputnik Tojikiston.

Tojikiston maktablarida o‘quv yili endilikda 1-avgustdan boshlanishi mumkin, deyiladi xabarda.

Politsiyachilar mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda maktab o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi
Nashrga ko‘ra, mutaxassislar bu masalani chuqur o‘rgangach 1-avgust — o‘quv yilini boshlash uchun juda qulay vaqt, va agar shunday qaror qabul qilinadigan bo‘lsa, bola uchun o‘qish yanada samarali kechadi, degan to‘xtamga kelishgan.

Tojikiston Ta’lim vazirligini o‘qituvchilar maoshi masalasi ham befarq qoldirmagan.

"Birgina o‘quv yili davomida ta’til kunlari 56 kunni tashkil qiladi. Ammo avgust oyida, garchi bolalar ta’tilda bo‘lishlariga qaramay, o‘qituvchilarga maosh to‘lanadi", — deb aytgan Tojikiston Ta’lim vazirligi vakili.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon o‘zining har yilgi an’anaviy murojaatida mamlakatning SSSR davridan qolgan ta’lim tizimiga tanqid bilan yopirilib, o‘rta maktab ta’lim jarayoniga tegishli o‘zgarishlarni kiritishni talab qilgan edi.

Qirg‘izistonda ham sal oldin o‘quv yilini ko‘chirish masalasi ko‘tarilgan edi. Faqat qirg‘izistonliklar o‘qishni 1-oktabrdan boshlashni taklif qilishgan. Qirg‘iziston Ta’lim vazirligi o‘zining ushbu taklifini regionlarida qishloq xo‘jaligi ishlari sentabr oyi o‘rtasi — oktabr oyi boshlarigacha davom etishi bilan izohlagan.

Yangiliklar lentasi
0