Pensiyani plastikka o‘tkazish yo‘li bilan ham olish mumkin - Markaziy Bank

Obuna bo‘lish
Pensiyani plastik kartaga o‘tkazish yo‘li bilan olishni xohlovchilar bankka ariza bilan murojaat etishlari kerak bo‘ladi

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-fevraldan boshlab pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulda berish qarorini imzolagan edi.

Sputnik O‘zbekiston nashri tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada respondentlarning aksariyati (54,8 %i) pensiya va nafaqa to‘lovlarini qanday shaklda olishni har bir fuqaroning o‘zi hal qilishi lozim degan fikrni bildirdilar.

Ya’ni pensiya oluvchilar orasida plastik kartochkalarni afzal bilganlar ham ko‘pchilikni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

Samarqandlik pensionerlarga pensiya o‘z vaqtida beriladi
Shundan so‘ng Sputnik O‘zbekiston muxbiri bu masalani qanday hal etish mumkin degan savol bilan O‘zbekiston Markaziy bankiga murojaat qildi.

Markaziy bank vakili so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari pensiya va nafaqa to‘lovlarini plastik kartochkaga o‘tkazish yo‘li bilan ham olishlari mumkin.

"O‘zbekiston fuqarolari o‘z pensiyalarini plastik kartaga o‘tkazish yo‘li bilan ham olishlari mumkin. Faqat mart oyidan. Buning uchun bankka ariza bilan murojaat qilish, va ariza nusxasini budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga taqdim etish talab etiladi", — deya aniqlik kiritdi savolga bank xodimi.

Barcha bank bo‘limlari tegishli ariza blankalari bilan ta’minlangan bo‘lib, ularda pensionerlar kelgusida pensiyani qanday shaklda — to‘liq naqd, to‘liq kartaga, qisman naqd va qisman kartaga — olishni istashini belgilashi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0