Samarqandlik pensionerlarga pensiya o‘z vaqtida beriladi

Obuna bo‘lish
"Boshqarmamiz pensiya va nafaqa pullarini o‘z vaqtida o‘tkazish bilangina cheklanib qolmaydi. To‘lovlarning egalariga yetkazilishi ustidan monitoring-kuzatuv ham olib boramiz", - dedi viloyat budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Pensiya o‘z vaqtida beriladi, deb xabar qilingan "Zarafshon" gazetasi rasmiy saytida.

"Boshqarmamiz xodimlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2-fevraldagi "Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorini amalda bajarishga kirishdilar", — deb xabar qilgan nashrga Samarqand viloyati budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Abdurashid Rahimov.

Keksa kishi - Sputnik O‘zbekiston
Pensiya ta’minotida yangi yildan joriy etilgan asosiy o‘zgarishlar haqida
Rahimovga ko‘ra, bugungi kunda viloyatda 325 ming 151 nafar pensionerlar, 23 ming 648 nafar bolalikdan nogironlar bor. Ularga har oyda to‘lanadigan pensiya va nafaqalar miqdori 146 milliard so‘mni tashkil qiladi.

"Ushbu qaror qabul qilingunga qadar boshqar tomonidan moliyalashtirilayotgan pensiya va nafaqalar to‘lovining 73 foizi plastik kartochkalar orqali amalga oshirilayotgan edi. Endi pensiya va nafaqalar 100 foiz naqd pulda to‘lanadi.
Yangi tizim asosida 4-fevralga qadar pochta aloqa bo‘limlariga 46 milliard 950 million so‘m mablag‘ o‘tkazib berildi. Qolgani ham 15-fevralgacha to‘liq o‘tkaziladi", — deb ta’kidlagan Rahimov.

Rahimovning so‘zlariga ko‘ra, boshqarma pensiya va nafaqa pullarini o‘z vaqtida o‘tkazish bilangina cheklanib qolmaydi. To‘lovlarning egalariga yetkazilishi ustidan monitoring-kuzatuv ham olib boriladi. Shu maqsadda barcha tumanlar pensiya jamg‘armasi bo‘limlarida maxsus daftar ochilgan.

Jamg‘arma vakillari o‘zlariga tegishli hududda har bir pensioner huzuriga borib, pensiyani olgan-olmaganini surishtiradi va ana shu daftarga qayd etib boradi.

Bundan tashqari joylarda daftar yuritilishi ustidan viloyat boshqarmasi tomonidan qat’iy monitoring olib boriladi.

Planshet - Sputnik O‘zbekiston
Jamg‘arib boriladigan pensiya holati haqida internet orqali ma’lumot olish mumkin
Bundan tashqari moliyalashtirilayotgan pensiya va nafaqa to‘lovlari uchun mablag‘ning tegishli banklarga o‘tkazilishi, har bir pochta aloqa bo‘limi o‘z hisob raqamiga tushgan pulni olib, egalariga yetkazib berishini ta’minlash ustidan qat’iy nazorat o‘rnatamiz. Banklarga pensiya jamg‘armasi tomonidan vakillar birkitilgan, ular pochta aloqa xodimlari pensiya va nafaqa pullarini o‘z vaqtida olib, aholiga yetkazayotganliklarini nazorat qiladilar.

"Pensionerlarga berilgan plastik kartalar hozircha ularning o‘zida saqlanib turadi. Agar plastik kartochkadan foydalanish istagi bo‘lsa, bizga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Ularning talabi bo‘yicha pensiyasi to‘liq yoki qisman plastik kartochkaga o‘tkazib beriladi", — deb qo‘shimcha qilgan Rahimov.

Yangiliklar lentasi
0