"Harobalik millioner" filmi ssenariychisi Elchi lavozimiga tayinlandi

© AFP / GIANLUIGI GUERCIAVikas Svarup
Vikas Svarup - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Harobalik millioner" filmi ssenariychisi Vikas Svarup Hindistonning Kanadadagi elchisi etib tayinlandi. U tez kunda o‘z vazifasini bajarishga kirishadi

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. "Savol-javob" kitobi orqali butun dunyoga tanilgan Vikas Svarup Hindistonning Kanadadagi elchisi etib tayinlandi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Toj-Mahal - Sputnik O‘zbekiston
Hindiston sayyoh ayollarga yubkada yurmaslikni tavsiya qilmoqda
Nashr xabariga ko‘ra, Svarup tez kunda o‘z vazifasini bajarishga kirishadi.

Svarup 1986-yildan buyon diplomat sifatida faoliyat yuritib keladi. U shu yillar mobaynida Hindistonning turli davlatlardagi elchixonalarida ishlagan. Londondagi komandirovkalarning birida Vikas roman yozishga qiziqib qoladi. Shu tariqa "Savol-javob" asari 2005-yilda dunyo yuzini ko‘rgan va Svarupga ulkan shuhrat olib kelgan.

O‘zbek kinoixlosmandlariga yaxshi tanish bo‘lgan "Harobalik millioner" "Savol-javob" asari asosida suratga olingan. Film 2009-yilda 8ta "Oskar" mukofoti bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0