TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Rossiyaning "Yevrotsement grup" korxonasi va "O‘zqurilishmollari" aksiyadorlik jamiyati "Ohangaronsement" asosida yangi zavod qurilishi haqida "istaklar protokoli" imzolashdi, RIA Novosti xabariga asosan.
2020 yilga qadar yiliga 2,4 million tonna sementni quruq uslubda ishlab chiqaradigan yangi zavod qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.
Protokol "Yevrotsement grup" korxonasi prezidenti Mixailom Skoroxod va "O‘zqurilishmollari" rahbari Botirom Zaripov tomonidan, hukumathlararo komissiya majlisida imzolandi.
"Ushbu korxona ishga tushishi natijasida respublikada sement ishlab chiqarish hajmi yiliga 4 million tonnadan, mehnat samaradorligi 3,5 baravar atmosferani bulg‘ash 2,5 baravarga kamaytiriladi", — dedi Skoroxod RIA Novosti muxbiriga.
Eslatib o‘tamiz, 2006-yilning avgustida "Yevrotsement grup" Shveysariyaning Zeromax GmbH kompaniyasidan "Ohangaronsement" aksiyalarining 75,6% ni sotib olgan edi. Ayni damda Rossiya korxonasi "Ohangaronsement"ning 83,92% aksiyasiga ega.
"Ohangaronsement" 1961-yilda tashkil qilingan bo‘lib O‘zbekistonda ikkinchi yirik sement zavodi hisoblanadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati 1,8 million tonna sementni tashkil qiladi. 2016 yil natijalariga ko‘ra korxona sement ishlab chiqarishni 5,2 %ga oshirgan.
Sement — tabiiy qurilish mahsuloti emas. Uni ishlab chiqarish ko‘p energiya talab qiladigan qimmatbaho jarayon. Sement — eng ommaviy qurilish materiali, bugungi kunda birorta ham qurilish sementsiz bitmaydi. Sement zavodlari, odatda, xom ashyo qazib olinadigan joyning o‘zida quriladi.