Turkiya kompaniyasi O‘zbekistonda qiymati 225 mln $ bo‘lgan sement zavodi quradi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishBeton ishlab chiqarish ishlari
Beton ishlab chiqarish ishlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi korxona yiliga 1,5 mln tonna portlandsement ishlab chiqaradi. Bu ushbu sohadagi Turkiyaning birinchi yirik loyhasi emas.

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Turkiyalik Dal Engineering Group korxonasi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yangi sement zavodi quradi, korxona vakilining xabariga ko‘ra.

Uning so‘zlariga qaraganda, o‘tgan juma kuni, Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsiya forumida Dal Engineering Group va Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati sement zavodi qurish haqida memorandum imzoladilar.

Yangi zavodning taxminiy narxi 225 mln dollarni tashkil qiladi. Ushbu mablag‘ning 90 mln ni O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot fondi ajratadi, 24,4 mln ni Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati va yana 110 mln mablag‘ni mamlakatdagi tijorat banklaridan kredit sifatida jalb qilish rejalashtirilgan.  

2018 yilda ishga tushirilganidan keyin, zavod yiliga 1,5 mln tonnagacha portlandsement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.

Bu sement ishlab chiqarish bo‘yicha Turkiyaning O‘zbekistondagi birinchi yirik loyhasi emas. 2014-yilning mart oyida Dal teknik makina tigaret ve sanayi A.S konsorsiumining a’zolaridan biri Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida sement zavodini ishga tushirdi. Loyhaning umumiy narxi 114 mln. dollardan oshdi.

Hozir ushbu zavodda kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Semen ishlab chiqarish liniyasi yiliga 760 ming tonnadan 1 mln tonnagacha yetkizish ko‘zda tutilgan. Texnologik liniyani kengaytirish 2016-yil sentabrida tugatilishi kerak. Kengaytirishn narxi 35,8 mln dollarni tashkil qildi.

Mahsulot narxini arzonlashtirish maqsadida Jizzax viloyatidagi "Timirazevskoe II" ganch konini o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda zavodga ganch Buxorodan temir yo‘l orqali olib kelinadi. Konning aniqlangan zahirasi 1,1 mln tonnani tashkil qiladi.  

 

Yangiliklar lentasi
0