TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)ning 10 nafar talabasi Sankt-Peterburg Davlat telekommunikatsiyalar universitetiga o‘zaro hamkorlik doirasida tajriba almashish uchun yuborildi, deb xabar bermoqda universitet rasmiy sayti.
2016 yil 19-23 sentabr kunlari M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg Davlat telekommunikatsiyalar universiteti (SPbGUT) delegatsiyasi "AKT haftaligi"ga tashrif buyurgandi.
TATU rahbariyati va delegatsiya a’zolarining uchrashuvida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va sifatli mutaxassis kadrlarni tayyorlashda qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha kelishib olingan edi.
Mazkur kelishuvga asosan, SPbGUT rektori S.Bachevskiy TATU talabalarining "Qishki maktab — 2017" dasturida ishtirok etishi yuzasidan taklif berdi.
Ushbu dasturda qatnashish uchun universitetning 10 nafar talabasi va "Televizion texnologiyalar" fakulteti dekani F.Nuraliyev Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi. Ular 24-fevralga qadar dasturda ishtirok etadilar.