TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Rossiya hukumati vakillari O‘zbekiston vakillarini 2017-yilda Sochi va Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan xalqaro investitsiya forumlariga taklif qildi, RIA Novosti xabariga asosan.
"Biz O‘zbekistonni bu yil Sochi va Sankt-Peterburg investitsiya forumlari kabi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan an’anaviy xalqaro tadbirlarga taklif qilamiz", — dedi Dmitriy Kozak, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari.
Shuningdek, Kozak ushbu forumlarda muloqot qilish ikki mamlakat tadbirkorlari orasida muayan shartnomalar imzolashga muvaffaq bo‘lishlariga umid bildirdi.
Bosh vaziri o‘rinbosari O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmonlik munosabatlari yangi cho‘qqilarni zabt etishni boshlagan. Uning fikriga ko‘ra, turli sohalarda hamkorlik qilish mamlakatlar orasidagi munosabatlar jabhalarini kengaytirish imkonini beradi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari asosan neft va gaz sohasida mujassamlashgan.
Uchrashuvda, Rossiyaning "Rostex" korporatsiyasi O‘zbekiston korxonalari bilan stanoklar qurish, dori vostalari, tibbiyot texnikasi va polimer materiallar ishlab chiqarish sohalarida hamkorlik qilishga muayan imkoniyatlar boriligi aniqlandi.
Shuningdek, "Rostselmash" kombayn zavodi O‘zbekiston bilan birgalikda qishloq xo‘jalik texnikasi ishlab chiqarishga rejasini o‘rganib chiqmoqda.