Nyu-York hukumati kalamushlar tajovuzi tufayli favqulodda majlis chaqirdi

Obuna bo‘lish
Nyu-Yorkdagi tumanlarning birida yashovchi bir fuqaro chorshanba kuni kechqurun kalamushlar tomonidan tarqatiladigan - leptospiroz yuqumli kasalligi tufayli olamdan o‘tgach, mahalliy hukumat favqulodda majlis chaqirish qarorini qabul qildi

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Nyu-York hukumati kalamushlar tajovuzi tufayli favqulodda majlis chaqirdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Nashrga ko‘ra, Nyu-Yorkdagi tumanlarning birida yashovchi bir fuqaro chorshanba kuni kechqurun kalamushlar tomonidan tarqatiladigan — leptospiroz yuqumli kasalligi tufayli olamdan o‘tgach, mahalliy hukumat favqulodda majlis chaqirish qarorini qabul qilgan.

Orovill to‘g‘oni - Sputnik O‘zbekiston
Tezkor evakuatsiya: AQShdagi eng baland to‘g‘on buzilib ketishi mumkin
Nyu-York hukumati ma’lumotiga ko‘ra, kasallik Bronksning yana ikki nafar yashovchisida xuddi shunday kasallik aniqlangan. Aytilishicha, ular ayni damda kasallikdan tuzalishgan.

"Kasallik jiddiy bo‘lishi mumkin, ammo uni antibiotiklar yordamida tuzatsa bo‘ladi", — deb xabar qilgan sog‘liqni muhofaza qilish departamenti.

Departament kemiruvchilarga qarshi barcha zarur choralarni ko‘rayotgani ta’kidlangan.

Shifokorlar Bronks aholisiga kalamushlar uyur bo‘lgan joylardan uzoq yurishni va qo‘lni yuvish gigiyenasiga amal qilishni maslahat berishgan. Ammo mahalliy aholining aytishicha, buning uddasidan chiqishning iloji yo‘q: kalamushlar nafaqat binolar, balki poyezdlarni ham bosib olishgan.

Qizil xoch jamiyati tumandagi sakkiz oilani vaqtinchalik turar joy bilan ta’minlagani aytilgan.

Yangiliklar lentasi
0