Tezkor evakuatsiya: AQShdagi eng baland to‘g‘on buzilib ketishi mumkin

© RIA Novosti Orovill to‘g‘oni
Orovill to‘g‘oni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kaliforniya shtatining Orovill shahrida joylashgan AQShdagi eng baland to‘g‘on buzilib ketishi ehtimoli borligi sababli tezkor evakuatsiya e’lon qilindi

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Batte okrugi sherifi o‘zining Facebookdagi sahifasida aholining zudlik bilan evakuatsiya qilinishi haqida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Kaliforniya hukumati kamida 130 ming kishi evakuatsiya qilinishini ma’lum qilgan. Shtatdagi sakkizta aholi maskani aholisi evakuatsiya qilinadi.

To‘g‘on suv bosimiga dosh berishi yaqin soatlarda aniq bo‘ladi. Sherifning aytishicha, to‘g‘on eroziyasi oqibatida "Orovill ko‘lidan nazorat qilib bo‘lmas darajadagi suv toshqini yuz beradi".

Ko‘ldagi suv hajmi 4,3 milliard kub metrdan ko‘proq deb baholanmoqda. Suv shanba kungi kuchli yomg‘irlardan so‘ng tosha boshlagan.

Yangiliklar lentasi
0