Shavkat Mirziyoyev Shtaynmayerni O‘zbekistonga taklif etdi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishF. Shtaynmayer, Germaniya prezidenti
F. Shtaynmayer, Germaniya prezidenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniya Federativ respublikasi sobiq Tashqi ishlar vaziri, Germaniyaning sobiq vitse-kansleri Frank-Valter Shtaynmayer yakshanba, 12-fevral kuni GFR prezidenti etib saylandi. Davlat yangi rahbarga ega bo‘ldi

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev ham Shtaynmayerni GFR prezidenti lavozimiga saylangani bilan qutladi, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Ministr inostrannix del Rossii Germanii Frank-Valter Shtaynmayer - Sputnik O‘zbekiston
Shtaynmayer Germaniya prezidenti etib saylandi
"Bo‘lib o‘tgan saylovlar sezilarli iqtisodiy, texnologik va intellektual salohiyatga ega jahonning yetakchi davlatlaridan biri – Germaniyaning xalqaro nufuzini mustahkamlashga Sizning muhim va tajribali davlat arbobi sifatida qo‘shgan munosib hissangiz evaziga qozongan yuqori ishonch va hurmatni tasdiqlaydi", — deyilgan xabarda.

Mirziyoyev Frank-Valter Shtaynmayerni o‘ziga qulay vaqtda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etgan

RIA Novosti nashriga ko‘ra, ayni vaqtda Frank-Valter Shtaynmayer dunyo siyosatchilaridan tabriklarni qabul qilmoqda.

Jumladan, sobiq Ittifoqning sobiq prezidenti Mixali Gorbachov Shtaynmayerni Germaniya Federativ Respublikasi Federal prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabriklagan.

Gorbachev Shtaynmayer bilan shaxsan uchrashishga umid bildirib, uning Germaniya va Rossiya o‘rtasida do‘stona munosabatlarni tiklashga hissa qo‘shishini ta’kidlab o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0