TOShKENT, 15 fev — Sputnik. "O‘zbekneftegaz" xolding kompaniyasi va "LUKOYL Oversiz" ishtirokida Orol dengizi hududini geologik razvedka qilish maqsadida tashkil qilingan Aral Sea Operating Company konsorsiumi ixtiyoriy ravishda o‘z faoliyatini yakunladi, RIA Novosti xabariga asosan.
2006 yilning avgust oyida O‘zbekiston hukumati va "O‘zbekneftegaz", "Lukoyl", Malayziyaning "Petronas", Koreyaning KNOC hamda Xitoyning CNPC kompaniyalaridan iborat xalqaro konsorsium orasida muddati 40-yilni tashkil qilgan shartnoma imzolangan edi. 2011-yilning may oyida ushbu konsorsiumni Petronas, 2013-yilning sentabrida esa- KNOC tark etgan edi.
2016 yilning 26-dekabrida ishtirokchilar umumiy yig‘inida "Aral Sea Operating Company" 2017-yilning 1-yanvaridan o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Korxona yopilish vaqtida uning tarkibida "O‘zbekneftegaz" ulushi 33,4 % ni CNPC va "LUKOYL Oversiz" ulushi 33,3 % ni tashkil qildi.
"Loyiha iqtisodiy samarasiz bo‘lib chiqdi", — dedi "O‘zbekneftegaz" vakili RIA Novosti muxbiriga.
Konsorsium faoliyati natijasida 2011-yilda "G‘arbiy Orol" nomli 11 milliard kubometr gaz zahirasiga ega bo‘lgan uglevodorodlar konini kashf etildi. Undan tashqari hududda yana oltita istiqbolli yo‘nalishlar aniqlangan edi. 2014-2016 yillarda konsorsium geologik tekshirish ishlariga yana 30 million dollar xarajat qildi.