TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Ushbu o‘rganish natijalari xalq deputatlari, tuman Kengashi deputatlari hamda faollari ishtirokida muhokama qilindi, deb yozadi "Jahon" AA
"Parlament a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan har bir uchrashuv va muloqot tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi G‘allaorol tumani hokimi Abdurashid Yo‘ldoshev. – Bildirilgan barcha masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Aholini o‘ylantirayotgan muammolar albatta o‘z yechimini topadi. Muammolarning hal etilishi tuman infratuzilmasi va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi".
Uchrashuvda fuqarolar tomonidan 800 ga yaqin masala o‘rtaga tashlangan. Jumladan, Sangzor darosidan shag‘al qazib olinishi natijasida yigirmadan ortiq qishloqda ekologik vaziyatning buzilishini bartaraf etish yuzasidan tegishli vazirliklarga so‘rovnomalar yuborilishi aytilmoqda.