MXX tovlamachi sudyani qo‘lga oldi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishkishan
kishan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Surxondaryo viloyati milliy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari va prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda mansabini suiiste’mol qilish va pora olishda gumon qilingan Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudi sudyasini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdilar.

Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga kuch tizimi vakili xabar qildi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudi sudyasi Nurali Panjayev ishlarni ko‘rishda mansabini suiiste’mol qilgan va fuqarolardan ularning foydasiga qaror chiqarishini aytib tovlamachilik orqali pul va moddiy boyliklar undirgan.

Pora olgan shaxs - Sputnik O‘zbekiston
20 ming dollar pora so‘ragan mansabdor qo‘lga olindi

"Xususan, 2016-yil iyun oyi boshida Nurali Panjayev O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayolning unga "Qishloq qurilish bank" ATB tuman bo‘limi tomonidan yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha da’vosini ko‘rgan. Panjayev da’voni qanoatlantirish uchun ayolga tegishli bo‘lgan, Qumqo‘rg‘on tumani markazida joylashgan 45 sotix yer maydonining 10 sotixini o‘z nomiga o‘tkazib berishini so‘ragan. Natijada 16-iyun kuni Panjayev da’voni qanoatlantirgan va yetkazilgan zararni to‘lashi uchun "Qishloq qurilish bank" 601 million so‘mdan ortiq miqdorda pul to‘lashi lozimligi to‘g‘risida hukm chiqargan", — dedi MXX xodimi.

Bundan tashqari, N.Panjayev boshqa "mijozi"ining nikohni bekor qilish haqidagi da’vosi bo‘yicha uning foydasiga hukm chiqarish uchun 500 dollar so‘ragan. U shuningdek, "mijoz"ga o‘zi tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan 10 sotix yerni sotib olishni taklif qilgan.

Operativ xodimlar N.Panjayevni nikohni bekor qilish haqidagi da’voni qanoatlantirish uchun 500 dollar va pora sifatida olingan 10 sotix uchastkasi uchun 80 mln so‘m olayotganida qo‘lga olishdi.

N.Panjayevga nisbatan prokuratura tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi ("Pora olish") bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0