Mansabdorlar tovar va xizmatlar narxini nazorat qiladi

© SputnikKurs valyut
Kurs valyut - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari va Markaziy bank makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, ayniqsa valyuta bozori holati bo‘yicha monitoring olib boradi

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari hamda Markaziy bank makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, ayniqsa valyuta bozori holati bo‘yicha monitoring olib boradi, deb xabar bermoqda nuz.uz.

Iqtisodiyot vazirligi boshqarma boshlig‘i Dilshod Abduazizovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda milliy valyuta va ichki bozordagi narxlarning barqarorligi xalqni o‘ylantiradigan muhim masalalardan biridir.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Bosh prokuraturaga dorilar narxini nazorat qilishni buyurdi

Bundan buyon Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari va Markaziy bank makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, ayniqsa valyuta bozori holati bo‘yicha monitoring olib boradi. Zaruriyat tug‘ilganda milliy valyuta va ichki bozordagi narxlar barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlab qolish va yuqori sur’atli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladigan analitik ma’lumotnomalar tuziladi.

"Shuningdek, inflyatsiya darajasi natijasida tovar va xizmatlarga iste’molchi narxlarining o‘zgarishini kuzatish uslubini takomillashtirish ham ko‘zda tutilgan. Tovar va xizmatlarni naqd pulsiz sotishda narxlarning sun’iy ravishda oshirilishi uchun javobgarlikning kuchaytirilishi ichki bozorda narx belgilashning bzor mexanizmlarini joriy etish imkonini beradi. Mahsulot, mehnat va xizmatlar uchun narxlarni deklaratsiyalash amaliyotini bosqichma-bosqich qisqartirib borish va 2020-yilga kelib undan butunlay voz kechish rejalashtirilgan", — deya Abduazizovning so‘zlaridan iqtibos keltirilgan xabarda.

Bundan tashqari, uning aytishicha, iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish, xususiy mulkchilikning ustuvorligi va huquqlarini himoya qilish, kichik biznes va yakka tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0