TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Qirg‘iziston respublikasi Diniy ishlar bo‘yicha davlat komissiyasi sud tartibida ekstremistik yoxud terrorchi uyushmalar deb topilgan guruhlar ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.
Davlat komissiyasi esa hujjat qabul qilinishini kutib o‘tirmadi va quyidagi ro‘yxatni ommaga e’lon qildi, deb yozgan nashr:
"Al-Qoida" — Bishkek Pervomaysk sudining 2006-yil 15-sentabrdagi qarori bilan terrorchilik tashkiloti deb topilgan;
"Tolibon" harakati — Bishkek Pervomaysk sudining 2006-yil 15-sentabrdagi qarori bilan terrorchilik uyushmasi deb topilgan;
"Sharqiy Turkiston islom harakati" — Qirg‘iziston respublikasi Oliy sudining 2003-yil 20-avgust sanasidagi qarori bilan terorchilik uyushmasi deb tan olingan;
Shuningdek, "Hizbut ut-Tahrir-al-Islomiy", "Jihod guruhi", "O‘zbekiston islom harakati", "Muna cherkovi", "Jayshul mahdi", "Jun-al Halifat", "Sharqiy Turkiston ozodlik tashkiloti", "Akromiylar", "Islom davlati", "Jabhat an-Nusra", "Kotibot al-Imom al-Buxoriy", "Jannat oshiqlari", "Jamoat at-Tauhid val-Jihod" bo‘linmasi Qirg‘iziston tomonidan terrorchilik uyushmalari ro‘yxatiga kiritilgan.