Qirg‘iziston terror xavfi bois chegarani qo‘riqlashni kuchaytirmoqda

Chegarachi
Chegarachi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat chegara xizmati chegaralarni mustahkamlash borasida qator choralarni ko‘rmoqda – nazora-o‘tkazish punkti shaxsiy tarkibi xizmatchilari soni oshirildi

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Qirg‘iziston davlat chegara xizmati raisi Abdikarim Alimbayev idoraviy yig‘ilishda chegaralarda hushorlikni oshirishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qilmoqda.

U keyingi vaqtda terrorchi va ekstremistik guruhlarning faoliyati ayniqsa Yaqin Sharq va Afg‘onistonda kuchayayotganini bildirdi.

Qirg‘iziston chegarachilari - Sputnik O‘zbekiston
Oktabrda Qirg‘izistonda teraktlar xavfi o‘ta kuchli bo‘ladi – AQSh elchixonasi

"Aynan shu bois bugungi kunda Qirg‘iziston chegarachilarining asosiy vazifasi ekstremistik faoliyatni amalga oshirish uchun respublikaga kirishga urinish holatlarini va yot oqimlar ta’sirida respublikani tark etmoqchi bo‘lgan shaxslarni aniqlashdan iborat. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni ayniqsa o‘tkazish punktlarida kuchaytirishni talab qilaman", — dedi Alimbayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, nazorat-o‘tkazish punktlari shaxsiy tarkibi xizmatchilarining sonini oshirish, chegara punktlari va zastavalaridagi harbiylarning hushorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Uzoq tog‘li hududlarda razvedka qidiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda, murakkab yo‘nalishlarda qo‘shimcha blokpostlar o‘rnatildi.

Yangiliklar lentasi
0