Shtaynmayer Germaniya prezidenti etib saylandi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del Rossii Germanii Frank-Valter Shtaynmayer
Ministr inostrannix del Rossii Germanii Frank-Valter Shtaynmayer - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bugun bo‘lib o‘tgan saylov Germaniya kansleri Angela Merkelning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga bo‘lgan ta’sirini susaytiradi.

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Germaniya sobiq tashqi ishlar vaziri sotsial-demokrat Frank-Valter Shtaynmayer bugun Germaniya prezidenti lavozimiga saylandi, RIA Novosti xabariga asosan.

Shaynmayer nomzodiga 1239 nafar Federal yig‘in qatnashchilaridan 931 kishi ovoz berdi. Bu kerak bo‘lgan minimal ovozdan 50% ga ko‘p. Prezident etib saylanish uchun Shtaynmayerga 631 ovoz yetarli edi.

Germaniya TIV rahbari F. Shtaynmayer - Sputnik O‘zbekiston
Shtaynmayer: nemislar sobiq Ittifoq xalqlaridan cheksiz minnatdor

Aytib o‘tish joizki, Germaniyada prezident vakolatlari boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha cheklangan. Konstitutsiyaga ko‘ra prezidentning asosiy vazifalari bu: xalqaro maydonda mamlakat vakili vazifasini bajarish, qabul qilingan qarorlarni imzolash va diplomatik vakillarni tasdiqlash kiradi.

Haqatdan mamlakatni boshqaradigan kishi esa — Germaniya kansleridir. Kansler vazirlar mamlakatida boshchilik qilish, mamlakat hukumatini tasdiqlash, vazirlar nomzodlarini tanlash va ularning vakolatlarini belgilash huquqiga ega.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shtaynmayerni g‘alab bilan tabriklab, o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda Rossiyaga tashrif buyurishga taklif qildi.

Yangiliklar lentasi
0