TOShKENT, 13 fev — RIA Novosti. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarusda ishlab chiqarilgan yuk avtomobillari importi uchun 40% miqdordagi aksiz to‘lovini bekor qiluvchi qarorni imzoladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Qaror Belarusda ishlab chiqarilgan va O‘zbekistonga olib kiriladigan yuk avtomobillari hamda yuk tashish uchun mo‘ljallangan boshqa motorli vositalarga taalluqli.
Hujjatga ko‘ra, Rossiya, Qozog‘iston va Ukrainada ishlab chiqarilgan shu toifadagi texnikalarga ham aksiz solig‘i solinmaydi. Ilgari respublikaga Belarusdan yuk texnikasi olib kirilganida 40% miqdorida import aksiz solig‘i amal qilib kelgan.
Hujjatda mazkur qaror Belarus Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida qabul qilinganligi aytilgan.
2016 yil oktabrda Shavkat Mirziyoyevning Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvi chog‘ida ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilingandi. Xususan, O‘zbekiston rahbari yaqin to‘rt yil ichida "Belarus avtomobil zavodi" (BelAZ)da ishlab chiqarilgan 120 dona ko‘p tonnali samosvallarning O‘zbekiston korxonalariga keltirilishi natijasida zavodning respublika bozoridagi ishtiroki kengayishini qayd etdi.
Hozirda O‘zbekistonda BelAZning turli markadagi 500ga yaqin samosvallaridan foydalaniladi. 2010-yilda "Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati" DK korxona tarkibiga kiruvchi "Navoiy mashinasozlik zavodi"da yirik o‘lchamdagi texnikalarning ta’mir ishlarini bajaruvchi avtota’mirlash zavodini ishga tushirgan.