Belorussiya O‘zbekiston bilan hamkorlikni bir necha barobar oshirishga tayyor

Obuna bo‘lish
Belorussiya O‘zbekiston yangi rahbariyati bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan.

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Belorussiya O‘zbekiston bilan hamkorlikni bir necha barobar oshirishgan tayyor, dedi respublika rahbari Aleksandar Lukashenko, Podrobno.UZ xabariga asosan.

Lukashenkoning so‘zlariga qaraganda ular O‘zbekistonning yangi rahbariyati bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishgan.

"Biz yangi prezident bilan pauza oldik. Biz bir-birimizni yaxshi bilamiz. O‘ylaymanki, bizning munosabatlarimiz barcha tomondan yaxshi bo‘ladi. U juda yaxshi odam. Uning jamoasiga yaxshi odamlar to‘plangan. Shuning uchun ham men o‘ylaymanki biz O‘zbekiston bilan hamkorlikni bir necha barobar oshiramiz, va biz bunga tayyormiz", — deb davlat rahbarining so‘zlarini keltirdi BelaPAN axborot agentligi.

Belorussiya delegatsiyasi bilan Samarqandda bo‘lgan bosh vazir o‘rinbosari Mixail Rusiy, O‘zbekiston ham Belorussiya bilan munosabatlarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidlamoqda.  

"Biz bosh vazir va vazir o‘rinbosarlari bilan ham uchrashdik. Bizning korxonalarimiz rahbariyatidan, davlat boshqaruv organlaridan ham ko‘pchillik qatnashdi. Bircha yo‘nalishlar bo‘yicha jiddiy rivojlanish bor", — dedi Rusiy OAV vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda.

Yangiliklar lentasi
0