O‘zbek bokschisi 15-yildan beri yutqazmagan bokschini mag‘lub etdi

© Novosti UzbekistanaAzizbek Abdug‘ofurov
Azizbek Abdug‘ofurov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Singapurdagi professional boks kechasining asosiy jangida Azizbek Abdug‘ofurov WBC yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo boks kengashi chempionlik kamarini tailandlik Sirimongkol Eamtuamdan himoya qildi

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik professional bokschi Azizbek Abdug‘ofurov (4-0-0, 4 KO) 15-yildan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan tailandlik bokschini yengdi, deb xabar bermoqda nuz.uz.

Singapurdagi professional boks kechasining asosiy jangida Azizbek Abdug‘ofurov WBC yo‘nalishi bo‘yicha Asian Boxing Council middleweight title — Osiyo boks kengashi chempionlik kamarini tailandlik Sirimongkol Eamtuamdan himoya qildi.

Yantarnie perchatki turnirida O‘zbekiston bokschilari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bokschilari Kaliningradda 7 ta oltin medal olishdi

Azizbek Abdug‘ofurov professional ringda to‘rt jang o‘tkazib, ularning barchasida nokaut bilan g‘alaba qozongandi. WBC yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionligi kamari sohibi bo‘lgan o‘zbek bokschisi sovrinini ilk bor himoya qildi.

Azizbek faoliyatidagi eng muhim jang bo‘lgan ushbu bahsda o‘ta kuchli bokschiga ro‘baro‘ keldi.

Tailandlik Sirimongkol Eamtuam professional ringda 93 ta jang o‘tkazib, 91-marta zafar quchgan, shulardan 57 tasida raqiblarini muddatidan oldin yengib, katta tajriba to‘plagan. U ikki marta turli vaznlarda jahon chempioni bo‘lgan. Sirimongkolni qariyb 15-yildan buyon hech kim yenga olmayotgan edi.

12 raund davom etgan jangda Azizbek tajribali raqibini ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va kamarini munosib himoya qildi.

Yangiliklar lentasi
0