O‘zbekiston bokschilari Kaliningradda 7 ta oltin medal olishdi

© Federatsiya boksa Uzbekistana"Yantarnie perchatki" turnirida O‘zbekiston bokschilari
Yantarnie perchatki turnirida O‘zbekiston bokschilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Kaliningrad shahrida bo‘lib o‘tgan “Yantarnie perchatki” xalqaro boks turnirida dunyoning bir necha mamlakatlaridan 77 havaskor bokschi ishtirok etdi.

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Kaliningradda Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy V.A.Rubov xotirasiga bag‘ishlangan “Yantarnie perchatki” XXI Xalqaro boks turnirida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Boks federatsiyasi matbuot xizmati.

Turnirda O‘zbekiston, Irlandiya, Belorussiya, Rossiya, Litva, Latviya va Rossiyadan 1999-2002 yillardan tug‘ilgan 77 nafar o‘smir va yunior sportchilar ishtirok etdi.

"Yantarnie perchatki" XXI Xalqaro boks turniri natijalariga ko‘ra, Raymjon Azimov (46 kg), Timurbek Dexkonov (48 kg), Asaxudja Muydinxujayev (52 kg), Xayrullo Alimatov (54 kg), Javlonbek Yuldashev (57 kg), Jaxongir Yuldashev (60 kg), Javoxir Togaymuradov (80 kg)lar turnir g‘oliblari bo‘lishdi.  

Navo Tamazov (66 kg) kumush medal sohibi, Urunbayev Asadbek (60 kg) bronza medal sohibi bo‘lishdi.

Umumjamoa hisobida, O‘zbekiston terma jamoasi 7 oltin, bir kumush va bir bronza medal bilan – birinchi o‘rinni egalladi.

© Federatsiya boksa Uzbekistana"Yantarnie perchatki" boks turniri sovrinlari
Nagradi mejdunarodnogo turnira po boksu Yantarnie perchatki - Sputnik O‘zbekiston
"Yantarnie perchatki" boks turniri sovrinlari

 

 

Yangiliklar lentasi
0