TOShKENT, 11 fev — Sputnik. "Toshshahartransxizmat" kompaniyasi UZMOBILE bilan hamkorlikda 11-fevraldan boshlab Toshkent shahar avtobuslarida Wi-Fi yordamida bepul internet taqdim etish bo‘yicha loyihani ishga tushirdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ma’lumotga ko‘ra, internetga bepul ulanish imkoni bo‘lgan avtobuslar eshiklarida maxsus — Wi-Fi BUS belgilari o‘rnatiladi.
Yo‘lovchi UZMOBILE Wi-Fi tarmog‘iga ulanish uchun quyidagi qadamlarni amalga oshirishi lozim:
1 — abonent (+99895)146-94-34 raqamiga SMS xabar jo‘natishi lozim.
2 — "UZMOBILE Wi-Fi" nomli tarmoqni topishi kerak
3 – olingan maxfiy raqamni maxsus Captive portal portaliga kiritishi (abonent mobil uskunasidagi brauzer ochilganda avtomatik yo‘naltiradi).
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar ma’muriyati o‘tgan yilda ham bunday loyihani amalga tatbiq etmoqchi bo‘lgan, biroq tajriba haftasidan so‘ng bu ish to‘xtab qolgandi.