Avtobuslarida elektron to‘lov tizimi joriy etiladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishShahar transportida elektron to‘lov tizimi
Shahar transportida elektron to‘lov tizimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent avtobuslarida 2017-yilda elektron to‘lov tizimi kiritiladi. Yo‘lkira haqi oshirilmaydi.

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Poytaxt ma’muriyati ushbu yil oxiriga qadar shahar jamoat transportida elektron to‘lov tizimi kiritishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda uz24.uz xabariga asosan.

"Toshshahartransxizmat" vakili Moxir Valiyev xabar qilishiga ko‘ra har bir avtobus oldingi eshigida maxsus moslama — validator o‘rnatiladi. Yo‘lovchi unga platik kartochkani (elektron bilet) yaqinlashtirganda yo‘lkira haqi avtomatik tarzda yechib olinadi. Ushbu karta maxsus do‘konchalarda sotib olish mumkin bo‘ladi.

Valiyev aytishiga qaraganda, kompaniya ushbu choralarga katta umid bog‘lamoqda, chunki ular yo‘lkira haqini to‘lash jarayonini oydinlashtirib uning doimiyligini ta’minlaydi.

"Haydovchidan kunlik tushum majburiyati olib tashlanadi va u bundan buyon yo‘lovchilarni ortidan quvib yurmaydi.Bu ayni damda bizning eng katta maqsadimiz. Agar ushbu tizim kiritilsa, yo‘lkira yig‘ish bilan butunlday boshqa tizim shug‘ullanadi", dedi "Toshshahartransxizmat" vakili.  

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yilga qadar shahar va qishloqlarda yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish haqida qaror qabul qilgan edi. Yangi qonun qo‘shimcha yo‘nalishlar ochish, yangi avtobuslar sotib olishdan tashqari yo‘lkira haqini naqd pulsiz amalga oshirishni o‘z ichiga olgan. Ushbu tizim O‘zbekistonning barcha viloyatlarida kuchga kirishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0