Vazir o‘rinbosari Past Darg‘om tumaniga hokim etib tayinlandi

© Sputnik / Mixail GenisSamarqand viloyatiga kirish yo‘li
Samarqand viloyatiga kirish yo‘li - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati hokimi tavsiyasiga ko‘ra, shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Ergashev Sobir Fayzullayevich Past Darg‘om tumani hokimi etib tasdiqlandi

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. 9 fevral kuni xalq deputatlari Past Darg‘om tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilingan "Zarafshon" nashrida.

Nashrda ma’lumot berilishicha, sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan.

Oliy Majlis binosi - Sputnik O‘zbekiston
Vazir bo‘lgan hokim yoxud O‘zbekistondagi kadrlar almashuvi haqida
Vohid Rahimov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Past Darg‘om tumani hokimi vazifasidan ozod etilgan.

Samarqand viloyati hokimi Oqbo‘tayev tavsiyasiga ko‘ra, shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Ergashev Sobir Fayzullayevich Past Darg‘om tumani hokimi etib tasdiqlangan.

"Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga binoan Ergashev Sobir Fayzullayevich Samarqand viloyati Past Darg‘om tumaniga hokim etib tayinlansin", — deyilgan Samarqand viloyati hokimi imzolagan qaror matnida.

 

Yangiliklar lentasi
0