AQSh sudi rossiyalikni xakerlikda ayblab hibsga oldi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishXaker
Xaker - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan, ayni vaqtda AQSh fuqaroligiga ega Aleksandr Tverdoxlebov amerikaliklarning bank hisob raqamlariga xakerlik hujumlarini uyushtirganlikda ayblanib, hibsga olingan

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. AQShda rossiyalik xakerlikda ayblanib hibsga olindi, deb xabar qildi RIA Novosti.

"Kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan, ayni vaqtda AQSh fuqaroligiga ega Aleksandr Tverdoxlebov amerikaliklarning bank hisob raqamlariga xakerlik hujumlarini uyushtirganlikda ayblanib, hibsga olingan. Bu haqda sud hujjatlari dalolat beradi", — deyilgan xabarda.

AQSh prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obama saylovlarga "aralashgani uchun" Rossiyadan o‘ch olishga so‘z berdi
Nashrga ko‘ra, Tverdoxlebov 1-fevral kuni Los-Anjelesdagi Virginiya shtati, Aleksandriya shahar sudi tomonidan ilgari surilgan ayblovlar asosida qo‘lga olingan. Ayblov versiyasi bo‘yicha Tverdoxlebov minglab amerikaliklarning hisob raqamidan pullarni o‘margan.

Sud hujjatlariga muvofiq, Tverdoxlebovni hibsga olish uchun order 19-yanvar kuni berilgan.

"Ayblanuvchi kamida 2008-yildan buyon xalqaro kiberjinoyatchilik faoliyatiga jalb qilingan va hozirga qadar bu ish bilan shug‘ullangan. U rus tilida so‘zlashuvchi oliy toifali xakerlik forumlari a’zosi", — deyilgan ayblovda. Ayblov versiyasiga ko‘ra Tverdoxlebov ushbu forumlarda "bir nechta noqonuniy sxemalar, jumladan, o‘g‘irlangan kredit kartochkalari va ular haqida ma’lumotlar, noqonuniy pul aylanmasini reklama qilgan".

Tverdoxlebovga qo‘yilayotgan ayblovlar uning internet-chatlariga asoslangan va hozircha pul qay tarzda o‘marilgani haqida batafsil ma’lumot berilgani yo‘q.

Daily Beast nashrining yozishicha, Tverdoxlebov AQShga Rossiyadan kelgan va 2009-yilda amerikalik ayolga uylanib, AQSh fuqaroligini olgan. Ayni vaqtda er-xotin ajrashishgan. Shu bilan birga erkak sud hujjatlarida "Rossiya fuqarosi" sifatida ko‘rsatilgan.

Yangiliklar lentasi
0