Jamiyat

Mirziyoyev 3 nafar polkovnikni ishdan boʻshatdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Kreslo
Kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 fevral kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalar tahlil qilingan

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Ish faoliyatida jiddiy xato va nuqsonlarga yoʻl qoʻygani uchun Oʻzbekiston ichki ishlar tizimidagi uch nafar boshqarma rahbarlari ishdan olindi. Bu haqda "Kun.uz" oʻz manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 fevral kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalar tahlil qilingan.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev: Militsiya xodimlarining oʻzi qonunni buzib tursa, oddiy odamlar qayerga borsin?

Yigʻilishda oʻz ish faoliyatida jiddiy xato va nuqsonlarga yoʻl qoʻygani uchun IIV Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Ramziddin Gʻafforov, Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Dilshod Bobojonov va Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Aziz Boboxoʻjayev egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilgan hamda ishdan olingan.

Ularning oʻrniga kim tayinlangani hozircha nomaʼlum, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0