O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurash oyligi boshlandi

© Sputnik / Oleg Zoloto / Mediabankka o‘tishGiyohvand moddalarning yo‘q qilinishi
Giyohvand moddalarning yo‘q qilinishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1-fevraldan 1-martgacha O‘zbekistonda "Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi", deb e’lon qilindi

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan har yili yoshlar o‘rtasida narkotik vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi o‘tkazib kelinadi. Joriy yilda ham 1-fevraldan 1-martgacha O‘zbekistonda "Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi", deb e’lon qilindi, deb xabar qilgan "Jahon" AA.

Andijonda 20 kg giyohvand modda yashirilgan omborxona topildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot markazi ma’lumotiga ko‘ra, oylik davomida O‘zbekistondagi barcha ta’lim dargohlari, yoshlar faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarda ichki ishlar xodimlari tomonidan giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Ma’ruza, seminar, anjumanlar va ko‘rgazmali vositalar yordamida "zahri qotil"ning qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi keng tushuntirilib kelinmoqda.

Xabarga ko‘ra, o‘quv muassasalarida o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan tayyorlangan "Giyohvandlik — umr zavoli" videofilmi, "O‘z yo‘lingni tanla", "Buyuk yurtning barkamol avlodlari", "Sog‘ tanda — sog‘lom aql" kabi sog‘lom turmush tarzining ahamiyati va giyohvandlikning salbiy oqibatlari aks ettirilgan ko‘rgazmali vositalar namoyish etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0