Yaponiyaliklarning yangi antiqa ixtirosi - Tomatan roboti

© Sputnik / Pervensev / Mediabankka o‘tishPomidorlar
Pomidorlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pomidorning inson organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga, u kayfiyatni ham ko‘taradi. Pomidor ortiqcha vaznli kishilarga, modda almashinuvida muammosi bor kishilarga ham foydali. Shu bois ham yaponiyalik olimlar antiqa moslamani kashf qilgan bo‘lsa ne ajab?

TOShKENT, 26-may — Sputnik. Agar siz yugurishni va pomidor tanovul qilishni juda ham yaxshi ko‘rsangiz, unda quyidagi ajoyib yangiligimiz aynan siz uchun.

Yaponiyalik ixtirochilar Tomatan deb nomlanuvchi robotni yaratishdi. Marafon vaqtida o‘z egasining yelkalarida oyoqlarini osiltirgan holda joylashib olgan Tomatan xo‘jayinni sabzavot bilan boqish xususiyatiga ega. Ajoyib ixtiro, nima dedingiz? Faqat… ikkita kamchiligini aytmaganda – moslamaga atigi yettita pomidor sig‘adi. Og‘irligi esa… sakkiz kilogrammga yaqin.

Yangiliklar lentasi
0