Bahodir Otaxonov sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Obuna bo‘lish
Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Bahodir Otaxonov sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi, deb xabar berilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy saytida.

O‘zbekistonda yoppasiga kadrlar almashuvi ro‘y bermoqda
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi Farmoniga ko‘ra, Shuxrat Abdugapparovich Xudaykulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi Farmoniga ko‘ra, Boxodir Alisherovich Ataxanov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi", — deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, Bahodir Otaxonov vazirning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaradi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Otaxonov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan bo‘lib, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori etib tayinlangunga qadar Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasida bo‘lim boshlig‘i sifatida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0