O‘zbekistonda terminalsiz elektron to‘lov tizimi joriy qilindi

© Press-slujba MMSKod
Kod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endi savdo terminaliga hojat qolmaydi. Xaridorning smartfoni bo‘lsa bas

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Yagona umumrespublika protsessing markazi savdo terminalini qo‘llamasdan, QR-kod orqali to‘lov tizimini joriy etdi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar bermoqda.

Markaz mutaxassislarining ma’lum qilishicha, yangilikni QR-kod orqali to‘lov mexanizmini joriy qilgan savdo-servis korxonalarida sinab ko‘rish mumkin.

Bank kartalari - Sputnik O‘zbekiston
Plastik va naqd pul orasida: o‘zbek banklari qanday yo‘l tutadi

Bunda bank to‘lov kartasi smartfondagi ilovaga biriktiriladi, so‘ng ushbu ilovadan savdo nuqtalarida to‘lovni amalga oshirish uchun foydalaniladi.

To‘lovning bunday usuli sotuvchi uchun ham, xaridor uchun ham oddiy plastik bank kartasiga nisbatan qulayroq.

Masalan, sotuvchiga kartani qabul qilish uchun savdo terminali kerak bo‘lmaydi.

Xaridorda esa kartalar solingan hamondan smartfon foydasiga voz kechish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0