O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirish masalasini muhokama qildi

© REUTERS / Kayhan Ozer/Presidential PalaceTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Anqara Savdo palatasida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy, sarmoyaviy va sayyohlik sohasidagi hamkorlik istiqbollarini kengaytirish masalalari muhokama qilingan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Anqarada O‘zbekiston va Turkiya hamkorligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi, deb xabar qilgan "Jahon" AA.

"Anqara Savdo palatasida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy, sarmoyaviy va sayyohlik sohasidagi hamkorlik istiqbollarini kengaytirish masalalari muhokama qilingan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mamlakatimizning Anqara savdo palatasi rahbariyati, boshqaruv a’zolari, to‘qimachilik, farmatsevtika, turizm, charm-poyabzal sanoatiga ixtisoslashgan kompaniyalar rahbarlari va Turkiya ishbilarmon doiralarining boshqa vakillari qatnashdilar", — deyilgan xabarda.

Turkiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Erdo‘g‘on uchrashuvi: ikki rahbar nimalarga kelishib oldi?
Davra suhbati doirasida ishtirokchilarga O‘zbekistonning bugungi rivojlanishi, sanoat korxonalarini modernizatsiyalash va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, O‘zbekistonda yaratilgan ishbilarmonlik muhiti, xususiylashtirish jarayonlari hamda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning ahvoli va istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Uchrashuvda shuningdek, yaqin kelajakda bir qator qo‘shma tadbirlar, xususan, yuqori darajadagi O‘zbekiston delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi amalga oshirilishi, iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig’ilishi va biznes-forumi o‘tkazilishi alohida ta’kidlangan.

Shu bilan birga, davra suhbati ishtirokchilari mamlakatimizning sayyohlik sohasidagi imkoniyatlari, ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar hamda mazkur tarmoqqa mablag’ kiritadigan xorijiy samroyadorlar uchun beriladigan imtiyoz va qulayliklar bilan atroflicha tanishganlar.

Tadbir doirasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.

Yangiliklar lentasi
0