Toshkentda qurilish mollari bozori yonmoqda

© facebook.comPojar na stroitelnom rinke, Tashkent
Pojar na stroitelnom rinke, Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, yong‘in do‘konlardan biridagi elektr tarmog‘i orqali chiqqan.

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Bugun, 8-fevral kuni soat 15:30 atrofida Toshkent shahrining Jomiy ko‘chasida joylashgan Qurilish mollari bozorida katta yong‘in kelib chiqdi, Qalampir.uz xabari asosida.

Toshkentda «Manas” restorani yonyapti - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Manas restorani yonyapti

Ma’lumotlarga qaraganda, yong‘in bozorning birinchi rastasidagi do‘konlardan birida kelib chiqqan. Alanga olti do‘konni qamrab olishga ulgurgan. Do‘konlarda biri taxta eshiklar, ikkinchisida esa plastik eshik va romlar bilan savdo qilishi aytilmoqda. Qolgan 4 do‘konda esa — turli maishiy xo‘jalik mollari sotilgan.

Voqea joyiga Yong‘in xavfsizligi xizmati hamda tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelgan. O‘t o‘chirish ishlari hali ham davom etmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, yong‘in do‘konlardan biridagi elektr tarmog‘i orqali chiqqan.

© qalampir.uzQurilish mollari bozoridagi yong‘in
Pojar v magazine stroitelnix materialov - Sputnik O‘zbekiston
Qurilish mollari bozoridagi yong‘in
Yangiliklar lentasi
0