Barak Obama Saudiya Arabistonidan tovon talab qilishni man etdi

© AFP 2023 / STAN HONDA11 sentabrda ro‘y bergan terakt
11 sentabrda ro‘y bergan terakt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin AQSh kongressi 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlarda qurbon bo‘lganlarning oilalariga Saudiya Arabistoni ustidan sudga arz qilish huquqini beruvchi qonunchilik loyihasini qabul qilgan edi. AQSh prezidenti Barak Obama qarori bilan ushbu qonun loyihasi rad etildi.

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Amerika prezidenti Barak Obama 9/11 dagi teraktlarda qurbon bo‘lganlarning oilalariga Saudiya Arabistoni ustidan sudga arz qilish huquqini beruvchi qonun loyihasini batamom rad etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Saudiya Arabistoni TIV rahbari Adal Al-Jubayra - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni AQSh iqtisodiyotini sindirib tashlamoqchi
Oq Uy bundan oldin ham ushbu qonunchilik loyihasini qo‘llab-quvvatlamasligini bir necha bor aytgan. "Bunday qonunning qabul qilinishi Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarimizga putur yetkazibgina qolmay, balki boshqa mamlakatlar ham shundan so‘ng sudga arz qilishni xohlab qolishlariga asos yaratgan bo‘lamiz", — deya izohlashgandi Oq uy vakillari o‘z qarorilarini.

AQSh Kongressi vakillari juma kuni 2001-yilning 11-sentabrida sodir etilgan teraktlarda qurbon bo‘lganlarning oilalariga xorij davlatlar fuqarolari va huqumati ustidan sudga arz qilish huquqini beruvchi qonunchilik loyihasini qabul qilgan edilar. Ushbu qonun loyihasi sal oldin AQSh senati tomonidan ham ma’qullangan edi.

Yangiliklar lentasi
0