TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Nasiba Maqsudovaning vafot etganligi haqidagi xabar o‘zbekistonliklar tomonidan chuqur qayg‘u bilan qarshi olindi.
Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida shoir Muhammad Ismoil Nasiba Maqsudova haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"My5" telekanali boshlovchisi Anvar Azimov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali Nasiba Maqsudovani oxirgi manzilga kuzatish marosimi ertaga, 10-fevral kuni soat 12:00 da teleboshlovchining Do‘rmondagi xonadonida o‘tkazilishini ma’lum qildi.
14 yoshidan televidenie sohasiga kirib kelgan Nasiba Maqsudova butun hayotini o‘z kasbiga baxshida etgan, televidenie uchun yonib yashagan inson edi. Qariyb 50-yil davomida suxandonlik qilgan Nasiba Maqsudova respublikaning chekka-chekka qishloqlarida o‘z muxlislariga ega edi…