Muhammad Ismoil: Nasiba Maqsudova - o‘zbek televideniyesi afsonasi edi

© Foto : iz lichnogo arxiva poetaShoir Muhammad Ismoil
Shoir Muhammad Ismoil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston jamoatchiligi yana bir judolikka uchradi. Millionlab o‘zbekistonliklarning sevimli suxandoni, dilbar jurnalist, bag‘rikeng ustoz Nasiba Maqsudova kuchli yurak xuruji oqibatida 8-fevral kuni olamdan o‘tdilar

TOShKENT, 9 fev — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Taniqli shoir Muhammad Ismoil Nasiba Maqsudova haqida gapirar ekan, bu ayolga o‘zbek televideniyesi afsonasi deya ta’rif berdilar.

"Bu yil elimizning sevimli, ardoqli ayollari bizni birin ketin tark etishmoqda. Sal ilgariroq Tursunoy opamdan (Tursunoy Sodiqova demoqchi, muallif) ayrilib qolgan edik. Mana endi Nasiba opam…", — dedi suhbat davomida shoir.

Nasiba Maqsudova - Sputnik O‘zbekiston
Taniqli suxandon Nasiba Maqsudova vafot etdi
Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, Nasiba Maqsudova juda dilbar ayol edi. "Biz uzoq yillar "O‘zbekiston" televideniyesida u kishi bilan birga ishlaganmiz. Juda dilbar ayol edilar. Mahoratli, bag‘rikeng ustoz edilar. Hamisha boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zar,  qandaydir sabab bilan televideniyega chiqishdan mahrum bo‘lgan taniqli san’atkor, qo‘shiqchi va shoirlarni xalq bilan uchrashtirishga harakat qilar edilar.

Nasiba opaga ehtiromim baland — juda mehridaryo inson edilar. Faqat yaxshilik ko‘rganman, birorta odamga qattiq gapirish nari tursin, hattoki, yomon gapirganlarini eshitmaganman. Nasiba Maqsudovaning vafoti — o‘zbek televideniyesi uchun juda katta, kutilmagan yo‘qotish bo‘ldi", — deb o‘z xotiralari bilan bo‘lishdi Muhammad Ismoil.

14 yoshidan televidenie sohasiga kirib kelgan Nasiba Maqsudova butun hayotini o‘z kasbiga baxshida etgan, televidenie uchun yonib yashagan inson edi. Qariyb 50-yil davomida suxandonlik qilgan Nasiba Maqsudova respublikaning chekka-chekka qishloqlarida o‘z muxlislariga ega edi…

Sputnik O‘zbekiston tahririyati nomidan marhumaning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib qolamiz.

Yangiliklar lentasi
0