Samarqandda birinchi tramvay Navro‘z kuni yura boshlaydi

Obuna bo‘lish
Shaharni rivojlantirish bosh rejasiga ko‘ra, umumiy uzunligi 34,8 kilometrli to‘rtta tramvay tarmog‘i qurilishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Samarqanddagi birinchi tramvay tarmog‘i ikki bosqichda quriladi va 21-mart kuni ilk tramvay yo‘lga chiqadi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

Shaharni rivojlantirish bosh rejasiga ko‘ra, umumiy uzunligi 34,8 kilometrli to‘rtta tramvay tarmog‘i qurilishi rejalashtirilgan.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasining ma’lumot berishicha, birinchi bosqichda uzunligi 11,4 kilometrli tramvay yo‘li yotqiziladi. Yo‘l ikkita uchastkada — temir yo‘l vokzalidan Sattepo massivgacha 6,4 kilometr va temir yo‘l vokzalidan Siyob bozorigacha 5 kilometr uzunlikda quriladi.

"Qurilishning ikkinchi bosqichida 23,4 kilometr uzunlikdagi tramvay yo‘li yotqiziladi. Uzunligi 12,4 kilometrli yo‘l temir yo‘l vokzalidan Spitamen ko‘chasi orqali Superfosfat zavodiga qadar bo‘ladi. Ikkinchi yo‘nalish esa temir yo‘l vokzalidan Narpay ko‘chasi orqali Superfosfat ko‘chasiga olib boradi. Bu yo‘lning uzunligi 11 kilometrni tashkil etadi", — deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Tramvay, Toshkent shahri - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda tramvay qatnovi qayta tiklanadi

Hozirda quruvchilar temir yo‘l vokzalidan Sattepo massivigacha bo‘lgan yo‘lni qurishmoqda. Bu yerda loyiha bo‘yicha ikkita halqa yo‘li, to‘rtta nimstansiya va bir depo bo‘lishi rejalashtirilgan.

Bunda asosiy jihozlar, xususan, qurilish yo‘llari materiallari mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgani va zamonaviy talab va meyorlarga javob berishi e’tiborga sazovor.

"Qurilish shahar aholisi va mehmonlari uchun imkon boricha noqulaylik tug‘dirmasdan olib borilmoqda. Yo‘llar yopilmayapti, avtotransport qatnovi to‘xtatilmayapti", — deb ta’kidladi "O‘zbekiston temir yo‘llari" vakili.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Toshkent shahar hokimiyati tirbandliklar sababli barcha tramvay yo‘nalishlarini yopish va tramaylarni Samarqand shahriga taqdim etish haqida qaror qabul qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0