TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Restoranga yaqin tumanlarda yashovchi aholining ta’kidiga ko‘ra, yong‘in portlash oqibatida yuz bergan. Bu haqda nuz.uz portali xabar tarqatmoqda.
O‘zbekiston IIV yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi bayonotiga ko‘ra, portlash haqidagi xabar yolg‘on. Xabar chop etilishi vaqtida yong‘in bartaraf etilgani haqida ma’lumotga ega emas edik.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, favqulodda hodisa sodir bo‘lgan joyga 7 ta yong‘in mashinasi yo‘naltirilgan. Mashinalar yong‘inni cheklashga harakat qilayotgani aytib o‘tilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida ziyon jabr ko‘rganlar yo‘q, hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
© Video ochevidsa