Qirg‘izistonda maktab o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPolitsiyachilar mashinasi
Politsiyachilar mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘quvchilar o‘rtasida yuz bergan ommaviy mushtlashuv tufayli 17 yashar o‘smir halok bo‘ldi

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Qirg‘izistonning Norin viloyati Qo‘chqor tumanida joylashgan bir maktabda o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy mushtashuv yuz berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Bemorlarni tashuvchi aravacha - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda 9 yashar bolakay remenga osilgan holatda topildi
Respublikaning Norin viloyatidagi vakolatxonasi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, hodisa kechki sakkiz yarim-to‘qqizlar atrofida ro‘y bergan.

Mushtlashuv Kapar Qidiraliyev nomidagi maktab o‘quvchilari orasida ro‘y bergan. Ommaviy to‘polon oqibatida 17 yashar o‘smir nobud bo‘lgan. Yana bir o‘quvchi esa kasalxonaga yotqizilgan.

Qirg‘iziston hukumati vakili Omonboy Kayipov huquqni muhofaza qilish organlariga ushbu hodisani chuqur o‘rganishni buyurgan.

Mushtlashuv sabablari oshkor qilinmayapti.

Yangiliklar lentasi
0