Andijonda 20 kg giyohvand modda yashirilgan omborxona topildi

Obuna bo‘lish
Tekshiruv natijasida xaltalardagi moddalar 10,2 kilogramm geroin va 11,3 kilogramm afun giyohvandlik moddalari ekanligi aniqlandi.

TOShKENT, 13 sen – Sputnik. O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish xodimlari Andijon viloyatining Qirg‘iziston bilan chegaradosh Izboskan tumanida 20 kilogrammdan ortiq giyohvand modda saqlanayotgan omborxonani aniqladilar, deb xabar berdi viloyat IIB vakili RIA Novostiga.

Afg‘onistonlik narkotik tashuvchi 17-yilga qamaldi

"Qoradori-2016” operatsiyasi doirasida o‘tkazilgan reyd davomida mahalliy xo‘jaliklardan birining omborxonasidan giyohvand moddaga o‘xshash moddalar solingan polietilen xaltalar topildi", — dedi suhbatdosh agentlikka.

Uning aytishicha, tezkor tekshiruv-tahlili natijasida xaltalardagi moddalar 10,2 kilogramm geroin va 11,3 kilogramm afun giyohvandlik moddalari ekanligi aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0