AQShga viza olmoqchimisiz? Unda facebookdagi sahifangiz parolini aytishga tayyor turing

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAmerika bayrog‘i
Amerika bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh elchixonalari viza olishga ariza bergan fuqarolardan ularning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari parollarini so‘rashlari mumkin, deb aytdi Amerika Qo‘shma Shtatlari Ichki xavfsizlik vaziri Jon Kelli

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Qo‘shma Shtatlar Ichki xavfsizlik vaziri Jon Kellining so‘zlariga ko‘ra, bu chora AQSh xavfsizligiga tahdid qilishi mumkin bo‘lgan chet ellik fuqarolar tekshiruvini yanada kuchaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda, RIA Novosti xabari asosida.

Eron elchixonasi - Sputnik O‘zbekiston
Eron AQSh fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi
"Biz ba’zi kuchaytirish, ayrim qo‘shimcha chora-tadbirlarni o‘rganyapmiz. Kimda-kim bizning davlatimizga kirib kelayotgan yoki kirib kelishni niyat qilgan bo‘lsa, ular faqatgina pasport taqdim etish bilan kifoyalanmaydilar… Biz ularga "sizlar qanday saytlarga kirishlaringizni ko‘rmoqchimiz, bizga parollaringizni bering", — deb aytishimiz mumkin. Biz ular internetda nima bilan shug‘ullanayotganini ko‘rishni istaymiz. Ammo bu ish bir hafta, bir oy muddatga cho‘zilishi mumkin. Balki, biz ularni saralab olgunimizga qadar ulardan ma’lum vaqt kutish ham talab etilar. Agar ular bizga bu ma’lumotlarni taqdim etishni istamasalar, ular bizning davlatimizga kira olmaydilar. Biz ularning parollari orqali ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga kiramiz. Ular nima bilan shug‘ullanishlari, nima deb yozishishlarini ko‘ramiz. Agar ular biz bilan hamkorlik qilishni istamasa, ular AQShga kira olmaydi", — deb aytgan Kelli.

 

Yangiliklar lentasi
0