Eron AQSh fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi

© AFP 2023 / CARL COURTEron elchixonasi
Eron elchixonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqinda Tramp imzolagan hujjatga qarshi ravishda, Eron AQSh fuqarolariga o‘z hududiga kirishni ta’qiqladi.

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Eron AQSh fuqarolariga viza berishni to‘xtatadi, deb xabar qildi mamlakat tashqi ishlar vaziri Moxammad Djavad Zarif, RIA Novosti xabariga asosan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyalik qochqinlarni qabul qilishni 120 kunga to‘xtatish va Iroq, Eron, Suriya, Sudan, Yemen, Liviya va Somali fuqarolarini AQShga kirishini cheklovchi qaror qabul qilgan edi.

"Biz bunga javoban Eronga kelayotgan amerkialiklarga viza bermaymiz… Bundan mustasno holatlar bo‘ladigan bo‘lsa, ular Eron TIVi tomonidan alohida ko‘rib chiqiladi", — dedi Moxammad Zarif bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Tramp prezidentlik kursisida imzo chekkan hujjatlardan birinchisi bo‘lgan, migratsiyani cheklovchi ushbu qaror dunyoning ayrim mamlakatlarida va AQShning ko‘pgina shtatlarida noroziliklar keltirib chiqardi. AQShning 15 shtati Bosh prokurorlari Trampning ushbu qarorini noqonuniy deb topishdi.

Yangiliklar lentasi
0