Toshkentda “silikon vodiysi” paydo bo‘ladi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishV sexe sborki zavoda kompanii Samsung Electronics
V sexe sborki zavoda kompanii Samsung Electronics - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda yuqori texnologiyalar va turli IT kompaniyalar mujassamlashgan o‘zbekcha “silikon vodiysi” paydo bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Kelajakda loyiha erkin iqtisodiy zonaga aylanishi kutilmoqda.

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. O‘zbekistonda Innovatsiyalar markazi qurilish loyihasi ishlab chiqarilmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi xabariga asosan.   

Vazirlik vakilining so‘zlariga qaraganda,  Innovatsiyalar markazining ilk maskani sifatida Toshkentdagi Inxa Universiteti tanlangan. Loyiha sekin-asta turli mahalliy IT kompaniyalar mujassamlashgan erkin iqtisodiy zonaga aylanishi kutilmoqda.  

“Dunyoda “texnopark yoki silikon vodiysi” kabi tushunchalar barcha mamlakatlarda bor. Bizning g‘oyamizga ko‘ra O‘zbekistonda  shunday joy Toshkentdagi Inxa Universtiteti bo‘lishi kerak. Ustiga ustak u “Akademiklar shaharchasi”da joylashgan. Belorussiyada “Akademiklar shaharchasi” asosida yaratilgan texnopark yiliga 800 million dollarlik mahsulot eksport qilmoqda. Bu ulkan mablag‘”, — deb hisoblaydi mutaxassis.  

Uning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston ham ushbu yo‘nalishda harakat qilishi kerak. Innovatsiyalar markazi paydo bo‘lishi mahalliy dasturchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularni eksport uchun mo‘ljallangan, yanada murakkabroq  dasturlar yaratishga undashi kutilmoqda. Shu bilan bir vaqtda IT sohasida autsorsing rivojlanishi ham kutilmoqda.

Qurilmani sozlash - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda ikkita innovatsion texnopark quriladi

Suhbatdosh aytishiga qaraganda, IT mahsulotlarini eksport qilish uchun katta transport xarajatlari va uzoq masofalar bosib o‘tish kerak  bo‘lmaydi. Shuning uchun ham, dunyoning yirik bozorlaridan uzoq masofada joylashgan O‘zbekiston uchun ushbu soha kelajakda istiqbolli bo‘lishi mumkin.

Soha rivoji uchun kerak bo‘ladigan yana bir muhim omil bu – kreditlar va investitsiya masalalari.  Buning uchun ham bank sohasida ko‘plab ishlarni amalga oshirish kerak.

Mutaxassis fikriga ko‘ra, loyiha vazifalaridan yana biri, bugungi  kunda yashirincha ishlayotgan mahalliy dasturchilar uchun qonuniy ishlash sharoitlari yaratib berish.  

“Bugungi kunda chet eldan buyurtma olayotgan ko‘plab O‘zbekistonlik dasturchilar, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan to‘lov  tizimlari yoki uchinchi tomon xizmatlaridan foydalanmoqda. Biz davlat uchun muhim bo‘lgan ushbu muammoni hal  qilishimiz va amal qiladigan ochiq ish mexanizmini yaratishimiz kerak. Bizning dasturchilarimizga yashirin ishlashdan qonuniy ishlashi osonroq bo‘lishi kerak”, — dedi vazirlik vakili.

IT sohasida mavjud bo‘lgan muammolarning yana biri bu – oylik muammosidir.  Kompaniya xarajatlaridan 80 %ni oylik maoshlar tashkil qiladi. O‘zbekistonda daromad solig‘i va yagona ijtimoiy to‘lov miqdori juda katta bo‘lgani tufayli IT kompaniyalar rasman to‘lanadigan maoshlar miqdorini kamaytirib, oylikni konvertda to‘lashga harakat qiladi.  Yaratilayotgan yangi mexanizmga ko‘ra, qonuniy ishlash turli “kulrang sxema”lardan ko‘ra foydaliroq bo‘ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda Innovatsiyalar markazi IT sohasida jamlanib qolgan bir talay muammolarni hal qilishi kerak. Kelajakda bu yer kompyuterlar, dasturlar, uyali aloqa vositalari va boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mujassamlashgan erkin iqtisodiy zonaga aylanishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0