TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha yana bir virtual qabulxona ishga tushdi, deb xabar qilgan Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.
"Samarqand, Jizzax, Qarshi va Termiz shaharlarida ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari (uy telefoni, Internet) bo‘yicha hal etilmagan masalalar/muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflaringiz bo‘lsa, ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi "O‘zbektelekom Interneshnl" Qo‘shma korxonasi bosh direktoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat yuboring", — deyilgan xabarda.
Murojaatlarni 3 xil usulda yuborish mumkin: http://m.spuzi.uz/ virtual qabulxona orqali; "Chaqiriqlarni qayta ishlash yagona markazi"ning 1084 va "Markaziy ta’mirlash burosi"ning 1086 qisqa raqamlari orqali; hamda uzi@intal.uzelektron pochta manzili orqali.