TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekistonda "Yosh suxandonlar" tanlovi e’lon qilindi, deb xabar bergan O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirigi matbuot-xizmati.
Tanlov ikki bosqichda tashkil etilib, unda nutq madaniyatini o‘zlashtirgan, boshlovchi-suxandonlik qobiliyatiga ega bo‘lgan 17 yoshdan 32 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat va sport ishlari boshqarmalarida 2017-yil 5 dan 18-fevralga qadar qabul qilinadi.
G‘oliblarga "Diydor" rejissorlik va aktorlik mahorati teatr-studiyasi davlat muassasasi huzurida tashkil etiladigan "O‘zbek suxandonligi” kursida o‘qish, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi yoki xususiy teleradiokanallarda tegishli faoliyat yuritish uchun tavsiya beriladi.