TOShKENT, 7 fev — Sputnik. 2017-yilning 7-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining Birinchi o‘rinbosari Asqar Maminni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar qilingan O‘zbekiston TIV rasmiy saytida.
"Asqar Mamin O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, mamlakatlarimiz o‘rtasida temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishga qo‘shgan shaxsiy xissasi, shuningdek mintaqalararo ahamiyatga ega yirik loyihalarni amalga oshirish va Markaziy Osiyo mintaqasidagi xalqaro transport koridorlarini yaratishda faol ishtirok etganligi uchun mukofotlandi", — deyiladi xabar matnida.