Shavkat Mirziyoyev oqilona siyosati uchun taqdirlandi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika biznes hamjamiyati va yetakchi kompaniyalar nomidan delegatsiya rahbari oqilona siyosati, mamlakat rivoji yo‘lidagi islohotlar va xorijiy investitsiyalar oqimini rag‘batlantirishdagi xizmatlarini e’tirof etgan holda Shavkat Mirziyoyevga esdalik nishonini topshirdi

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 1-fevral kuni Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi, deb xabar tarqatgan O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Zdanie NXK Uzbekneftegaz - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbeknefetgaz” Amerikaga slanesdan neft olishni taklif qildi
Mirziyoyev mehmonni samimiy qutlar ekan, AQShning yetakchi kompaniyalari vakillaridan iborat navbatdagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga bo‘lgan qiziqish va intilishlar ortib borayotganidan dalolat berishini ta’kidlagan.

Yigirma yildan ko‘proq vaqt avval tashkil etilgan Amerika — O‘zbekiston savdo palatasi bugun iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma dastur hamda loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishning muhim mexanizmiga, ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida ishonchli ko‘prikka aylandi.

Ayni paytda O‘zbekistonda AQShning Boeing, General Motors, General Electric, Case, Hyatt, Hilton kabi ko‘plab jahonga mashhur kompaniyalari faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan AQSh investitsiyalari hajmi 1 milliard dollardan oshadi.

Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalar, ayniqsa iqtisodiy hamkorlikning yangi mexanizmlarini yaratish yuzasidan fikr-mulohazalar almashilgan. Tomonlar, shuningdek, agrosanoat kompleksi, elektrotexnika, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarida AQShning yetakchi tashkilot va kompaniyalari tajribasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari va zamonaviy texnologik yutuqlari asosida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalarni muhokama qilganlar.

AQSh-O‘zbekiston hamkorligi fakt va raqamlarda
Alohida e’tibor xalqaro standartlarga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

Kerolin Lemm samimiy qabul hamda ikki davlat biznes doiralari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, AQSh kompaniyalarining O‘zbekiston bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga yaratilayotgan sharoitlar uchun O‘zbekiston rahbariga minnatdorlik izhor qilgan.

Uchrashuv yakunida Amerika biznes hamjamiyati va yetakchi kompaniyalar nomidan delegatsiya rahbari oqilona siyosati, mamlakat rivoji yo‘lidagi islohotlar va xorijiy investitsiyalar oqimini rag‘batlantirishdagi xizmatlarini e’tirof etgan holda Shavkat Mirziyoyevga esdalik nishonini topshirdi

Yangiliklar lentasi
0